Choy daraxti ekstrakti infeksiyalardan himoyalaydi
Jarrohlik asboblari va implantantlar yuzasida kasallik keltirib chiqaruvchi turli mikrooorganizmlar bioplyonkasi hosil bo‘ladi.
Bu infeksiyalar jarrohlik amaliyoti vaqtida bemor o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Olimlar bemorlarni bu kabi xavf-xatarlardan himoyalovchi oddiy va arzon usulni topishdi.
Aksariyat o‘simliklar o‘zidan antibakterial vosita sifatida ishlatiladigan kimyoviy moddalarni ishlab chiqaradi. Ushbu moddalarning eng ko‘p miqdori efir moylari hisoblanib, u choy daraxtida mavjud. Hozirda mavjud zamonaviy texnologiyalar yordamida efir yog‘larini o‘simliklarni sirtqi qismidan ajratib olish mumkin.
Ushbu antibakterial himoya usuli bilan jarrohlik asboblari, bemor salomatligiga zarar yetkazuvchi moddalar tushishining oldi olinadi. Tadqiqotchilar, qayta ishlash vositalarining ushbu yangi usuli ko‘plab insonlarning hayotini xavfli mikroorganizmlardan himoya qilishiga umid bildirishmoqda.
Gulbahor BEKJONOVA