“Chak – chak”

Barchamiz sevib iste’mol qiladigan bu pishiriq ayniqsa, Hayit bayramlarida dasturxoning asosiy bezagi hisoblanadi.

Zarur masalliqlar: xamiriga z piyola un, 8 ta tuxum, bir chimdim tuz, yarim choy qoshiq iste’mol sodasi. Qiyomiga: 1 piyola asal, yarim piyola shakar, 4 osh qoshiq suv.

Tayyorlanishi: avvalo idishga tuxum, tuz va iste’mol sodasi solib, yaxshilab aralashtiriladi. Keyin ushbu aralashmaga un solib yumshoq xamir qoriladi va 15 daqiqaga tindiriladi. So‘ngra xamir yoyilib, undan 5-6 smli tasmalar kesib olinadi hamda eniga 1 sm qilib kesib chiqiladi. Kesilgan xamirlarni yog‘da qizartirib pishirib olinadi.

“Chak-chak”ning qiyomini tayyorlash uchun sirli idishga asal, shakar va ustidan suv solib, past olovda qiyom tayyorlanadi. So‘ng qiyomni pishiriq ustiga solib, yaxshilab aralashtiriladi va pishiriq usti zich qilib bosiladi. Tayyor “chak-chak” 2-3 soatga muzlatkichga solib qo‘yiladi. Ta’bga ko‘ra pishiriqning atrofini yong‘oq va mayiz bilan bezatishingiz mumkin.

 

MOHIM

Yana o‘qing:  Ananasli salat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: