Tut shodasidagi shifobaxsh inju

Tut asosan xalq tabobati, an’anaviy tibbiyot va oziq-ovqat sohasida qo‘llaniladi. Ba’zi joylarda tut meva sifatida ishlatiladi. Ayrim hududlarda esa uni turli mazali taomlarga ham qo‘shishadi. Tut sharbati va damlamasi angina (bodomcha bezlarining yallig‘lanishi) va stomatit (og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi)da og‘izni chayish uchun foydalidir. Bundan tashqari po‘stlog‘ining damlamasi teri kasalliklarida shikastlangan sohaga surtiladi.

Organizmda metabolizm jarayonining me’yorida faoliyat yuritishida va o‘tkir va surunkali kasallikdan keyin uni iste’mol qilish foydalidir. Ushbu meva toza qon hosil qiladi. Uning sharbati balg‘am, peshob haydaydi. Shuningdek, tut me’da – ichak tizimi va yurak qon tomir tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Xitoylik tabiblar ortiqcha vaznli odamlar uchun uning mevasini iste’mol qilishni tavsiya etishadi. Agar mavsum davomida ko‘pgina mevalarni iste’mol qilsangiz disbakterioz (ichak mikroflorasining buzilishi) xastaligidan forig‘ bo‘lasiz.

Tut sharbati va damlamasi diareya (ichburug‘), pnevmoniya (zotiljam), o‘tkir va surunkali bronxit, bronxial astma (ziqqinafas)da balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida ham tavsiya qilinadi. Chin mamlakatida tutlarning barglari, po‘stlog‘i va ildizi gipertoniya (xafaqon)ga qarshi qo‘llaniladi. Yava orolida tut daraxtining yosh barglari emizuvchi onalarga ko‘krak sutini ko‘paytirish uchun tavsiya etilgan.

Uning kurtaklari va barglaridan tayyorlangan dori vositalari uglevod va yog‘ almashinuvini tartibga soladi. Ayniqsa, “tepki” bilan og‘rigan o‘g‘il bolalar uchun uni iste’mol qilish foydalidir. Ildizi va po‘stlog‘idan astma (ziqqinafas), nafas yo‘llari yallig‘lanishi va gipertoniyadan aziyat chekkan bemorlarga damlama ichish tavsiya etiladi. Yaralarga tut po‘stlog‘i shifobaxsh malham bo‘ladi. Quritilgan va maydalangan 2 oshqoshiq tut po‘stlog‘i kukuni hamda 750 gr. o‘simlik yog‘i aralashtiriladi va mo‘jizaviy malham tayyorlanadi. Qora tut mevalari me’dani davolashda shifobaxsh hisoblanadi. Pishmagan qora tut me’da shirasida kislotalik darajasi oshib ketganida yordam beradi. Yetilib pishgan mevalari oziq-ovqatlardan zaharlanishda samarali ta’sirga ega. Tutning yaxshi pishgan mevalari tinchlantiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi. U peshob haydovchi va ozdiruvchi xususiyatga ega. Oq tut yallig‘lanishga qarshi shifobaxsh tabiiy vositadir. Shuningdek, bu meva gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar)da immunitetni ko‘taradi.

 

Mumkin bo‘lmagan holatlar

odatda issiq havoda tut tannovul qilinganda qon bosimi oshishi mumkin. Shuning uchun undan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Bundan tashqari diabet kasalligi bilan og‘rigan kishilarga tutning ba’zi navlari juda shirinligi sababli tavsiya etilmaydi. Uning pishgan mevalari ko‘p iste’mol qilinsa diareya va uning yetilmaganini tanovul etish ich qotishiga sabab bo‘ladi. Tut yeb ustidan qaynamagan sovuq suv ichish mumkin emas. Chunki bu holatda me’da-ichak tizimi faoliyati izdan chiqadi.

Yana o‘qing:  Tish parvarishi – kariyesga qalqon

Oq va qora tutdan murabbo, shinni, tutmayiz tayyorlab qishda iste’mol qilish mumkin. Undan kompot yoki sharbat ham tayyorlasa bo‘ladi. Shuningdek, uni maxsus selofan xaltachalarga solib, muzlatgichda qish mavsumi uchun g‘amlab qo‘yish mumkin. Ushbu mevalarni qaynatganda undagi foydali unsurlar parchalanib ketishi mumkin. Ammo tutmayizda organizm uchun zarur mikro va makroelementlar saqlanib qoladi. Shuningdek, muzlatilgan tut mevalari ham barcha shifobaxsh unsurlarni o‘zida saqlab qoladi.

 

Vasila PO‘LATOVA tayyorladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: