Okoroshka
Bugun yurtimizda issiq yoz fasli hukmronlik qilmoqda. Bunday paytda suvsizlangan tana ko‘proq chanqoqbosdi ichimlik va yeguliklar talab qiladi. Quyida esa sizlarga ana shunday rohatbaxsh, tez hazm bo‘luvchi, asosiysi, foydali taomlardan birining tayyorlash usulini o‘rgatamiz.
Zarur masalliqlar: 1 litr qatiq, 250 ml. gazli suv, 4 dona qaynatilgan tuxum, 4 dona qaynatilgan kartoshka, 2 dona bodring, 1 ta bulg‘or qalampiri, 200 gr. pishirilgan kolbasa yoki pishirilgan mol go‘shti, bir bog‘ ko‘k piyoz, rediska va ta’bga ko‘ra tuz va murch.
Tayyorlanishi: avval idishga qatiq va gazli suv solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Keyin esa tuxum, kartoshka va kolbasa kubikcha shaklida to‘g‘raladi. So‘ngra, bodring, bulg‘or qalampiri, rediska va ko‘k piyozni ham mayda to‘g‘rab, hamma masalliq kattaroq idishga solinadi. Keyin esa ustidan tayyorlangan suvli qatiq solinadi va ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shiladi.
MOHIM