Sportchilarimiz yorug‘ yuz bilan qaytdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida qo‘l jangi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Yevropa ochiq chempionatida 26 mamlakatdan 200 nafar sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 oltin, 3 kumush va 6 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Vazni 60 kilogramm bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Shahboz Tursunov, 65 kilogramm vazn toifasida Olimjon Normurodov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Zarina Olimjonova, Madina Ergasheva hamda Jahongir Jumayev kumush medal bilan taqdirlandi.
Otabek Bobojonov, Muhiddin Mamajonov, Guljahon Normatova, Maftuna Quvondiqova, Shahnoza Nizomova, Robiya Qo‘chqorovalar bronza medal sohibiga aylandi.
G‘olib sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
T. ORTIQOVA