Jamoat joylarida 100 foiz tamakisiz muhitga to‘liq rioya qilishga erishiladi
31 may – xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan muassasalararo davra suhbati tashkil etildi. Unda O‘zbekistonda tamakiga qarshi siyosatni amalga oshirish muammolari hamda ularni hal etishning amaliy chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Yig‘ilish dasturiga 2030 yilgacha barqaror rivojlanishning to‘rtta muhim maqsadi kiritildi. Xususan, asosiy to‘rtta yuqumli kasallik oqibatida barvaqt o‘lim darajasini kamaytirish, yurtimizda tamaki iste’molini 10 foizga tushirish, jamoat joylarida 100 foiz tamakidan xoli muhitni tashkil etishga erishish va JSSTning chekishga qarshi kurashish dasturini samarali joriy qilish masalalari muhokama qilindi.