Tomograf-qo‘lqop kashf etildi

Qo‘lqop shaklidagi magnit-rezonansli tomografiya (MRT) tizimi yuqori impedansli detektorlar hisobiga ishlaydi. Uning yordamida panja yumshoq to‘qimalarining suratini dinamikada, ya’ni qo‘l ish bajarayotgan vaqtda olish mumkin. Bunda qo‘l harakatini real sharoitda baholash imkoniyati tug‘iladi.

An’anaviy MRT-skanerlar tanani o‘rganilayotgan qismini tomografni ishlashi jarayonida ma’lum holatda qimirlamay turishini talab qiladi. Nyu-York universiteti Tibbiyot maktabi xodimlari ushbu yondashuvni o‘zgartirdilar. Ular rezonans signalini qayd etish uchun qo‘lqop shaklidagi detektorlar harakatchan tizimini yaratdilar. Tadqiqotchilar an’anaviy skanerlarda qo‘llaniladigan past impedansli odatiy elektromagnit g‘altaklarni yuqori impedansli g‘altaklarga almashtirdilar.

Yuqori impedansli detektorlar qo‘lqop sirtiga o‘rnatilgan bo‘lib, yelkaga osiladigan, signallarni umumlashtirish va qayta ishlash tizimiga ulangan. Natijada hosil bo‘lgan tizim harakat vaqtidagi panja yumshoq to‘qimalari uch o‘lchamli aniq tasvirini berdi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha qo‘lqopdagi signalning aniqligi panjani qimirlatmasdan ishlaydigan an’anaviy uskunalardan qolishmaydi. Olimlar MRT-qo‘lqopni bir vaqtning o‘zida keragicha egiluvchan va yetarlicha sezuvchan tibbiy uskuna sifatida e’tirof etmoqdalar.

 

Muqaddas YO’LDOSHEVA,

Sergeli tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Baxmaldagi yashil kengliklar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: