O‘quvchilar uchun unutilmas uchrashuv

Axborot tarqatish va qabul qilish imkoniyatlari misli ko‘rilmagan darajada kengaygan ayni zamonda yoshlarni mutolaa zavqiga oshno etish birmuncha murakkab jarayon bo‘lib qolmoqda. Buning uchun turli vositalar va imkoniyatlardan foydalangan holda o‘zgacha yondashuv talab etiladi.

Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 244-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish uchun turli tadbirlar muntazam tashkil etib kelinadi. Navbatdagi tadbirga bolalarning sevimli adibi, o‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning tashrif buyurishi o‘quvchilar uchun unutilmas sovg‘a bo‘ldi.

Samimiy ruhda boshlangan kechaga o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiq va jozibador raqslar yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Ayniqsa, maktabning 6-sinf o‘quvchisi Samandar Hamroqulov ijrosida “Safti suvora” hamda “Kuygay” qo‘shig‘ini tinglagan Xudoyberdi To‘xtaboyev uning ijro mahoratiga tasanno aytib, bolalar xalqimizning mumtoz musiqa boyligini chuqur o‘rganishlari zarurligini ta’kidladi.

– Bugungi kunda yangi-yangi badiiy adabiyotlar nashr etilayotganligi sababli kutubxonamiz qimmatli kitoblar bilan boyimoqda. Har bir adabiyotni mutolaa qilgach, o‘quvchilarimning taassurotlari bilan o‘rtoqlashish yanada qiziqarli. Ularning kitobxonlikka mehri tobora ortib borayotgani quvonarli hol, – deydi maktab o‘qituvchisi Zamira Berdiyeva.

Maktab kutubxonasiga kirganimizda ziyo maskanining bolalar bilan gavjumligini ko‘rdik. Bularning barchasi bugungidek tadbirlarning mutanzam tashkil etib kelinayotganligining samarasidir.

 

M. USMONOVA

Yana o‘qing:  ShHT sammiti arafasida xalqaro forumlar tashkil etildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: