Yaqin qarindoshlarning bolani bog‘chadan olib ketishi taqiqlandi

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom e’lon qilindi.

Unga ko‘ra endilikda yaqin qarindoshlarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgani bilan bolani bog‘chasidan olib ketish imkoniyatiga ega emas. Bolani faqat ota-onasi yoki vasiy bo‘lgan shaxs olib ketishi bo‘yicha bitta qoida qoldi.

Bundan tashqari har kuni ertalab tarbiyachilar hamshira nazorati ostida bolalarning tibbiy holatini tekshiruvdan o‘tkazishga majbur bo‘ladi (amalda bu anchadan beri kuzatilayotgandi). Shuningdek, ota-onalar kechqurun bolani olib ketmagan holatlarda tarbiyachi uni uyigacha olib borib qo‘yishga majbur emas.

Belgilanishicha, bolalar bog‘chasidan tashqaridagi barcha sayr va ekskursiyalar ichki ishlar organlari bilan kelishuv asosida amalga oshiriladi (ilgari, bu faqat tashkillashtirilgan safar uchun talab etilardi).

Yana o‘qing:  Ringda to‘qqiz nafar o‘g‘lonning shijoati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: