Soch oqarishining sabablari aniqlandi

AQSH sog‘liqni saqlash Milliy instituti va Alabama universiteti olimlari sichqonlarda olib borilgan so‘nggi tadqiqotlar natijasida jiddiy kasalliklar va surunkali stress (ruhiy zo‘riqish) sochlarning oqarishiga sabab bo‘lishini aniqladi.

Organizm virus yoki bakteriyaga duch kelganda tug‘ma immunitet faollashadi. Hujayralar zararli mikroorganizmlarga qarshi interferonlar ishlab chiqara boshlaydi. Bu oqsillar viruslarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiluvchi genlar ekspressiyasi darajasini oshiradi. Immun hujayralarni rag‘batlantiradi va organizm himoyasini kuchaytiradi. Mutaxassislar tug‘ma immunitet, MITFning (soch yoki teri rangini nazorat qiluvchi gen) transkripsion omili va soch oqarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni isbotladilar.

MITF melanotsitlar (melanin tusini ishlab chiqaruvchi hujayra) funksiyasini tartibga solishda asosiy rolni bajaradi. Aytish joizki, MITF interferon reaksiyani to‘xtatib turadi. Agar MITF melanotsit ushbu reaksiya ustidan nazoratni yo‘qotsa, tajriba ostidagi sichqonlarda yunglar oqarishi yuzaga kelgan. Bundan tashqari, erta yung oqarishiga moyilligi bo‘lgan sichqonlarda tug‘ma immunitetni sun’iy faollashtirish natijasida oqarish ko‘proq kuzatilgan.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Muqaddas rishta: uni asrashga barchamiz mas’ulmiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: