Jigarlar

Shifoxona dahlizida ovsinlar – birovi bu burchakda, ikkinchisi – narigi burchakda, ters qaragan, lab burgan, to‘rsaygan.

Bir qarich yerni talashib, o‘n besh yildan beri gaplashmayotgan bu ikki ayol erlarini ham bir-biriga qayrab ulgurgan edi.

Ichkarida esa…

Avval aka ko‘z ochdi.

Birinchi so‘ragan savoli:

– Ukam yaxshimi?

Narigi xonada uka o‘ziga keldi.

– Hamshira, – dedi ohista ingrab. – Donor… qayerdan topildi?

– Sizga bezovtalanish mumkin emas…

– Kim deyapman? – bemorning shivirlagan ovozi tahdidona tus oldi.

– Nahotki bilmasangiz?!

…Dahlizda ters qaragan ovsinlar hamon ichkaridan mujda kutishayapti. Telemuxbir esa shifokordan intervyu olishga chog‘lanib, kameraga qarab burro-burro gapirayapti:

– Qadrli teletomoshabinlar, hozirgina mana shu klinikada o‘ta noyob implantatsiya amaliyoti muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi. Aka jigarining bir qismi ukaga ko‘chirib o‘tqazildi…

 

Nuriddin EGAMOV

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: