Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati: O‘zbekiston aholisining “allergik pasporti” ishlab chiqiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Allergik kasalliklarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo‘yish va davolashni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda xalqaro tajribani hisobga olgan holda Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda allergen o‘simliklar changi to‘planishini kuzatishni va muayyan hududda allergiya patologiyasi bilan kasallangan bemorlarni xabardor qilishni nazarda tutadigan aerobiologik monitoring tizimi yaratiladi. Shuningdek, kelgusida O‘zbekiston Respublikasi aholisining “allergik pasporti” ishlab chiqiladi.

 

Gulchehra

ShOMALIKOVA

Yana o‘qing:  Yosh iste’molchi – ziyrak, bilimdon, intiluvchan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: