Yong‘oqli pechenye
Zarur masalliqlar: 2 stakan un, 200 gr. margarin, 2 ta tuxum, 150 gr. shakar, 1 choy qoshiq iste’mol sodasi va maydalangan yong‘oq kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: idishga margarin, shakar, tuxum, iste’mol sodasi solib, yaxshilab aralashtiriladi. Keyin un solib, yumshoq xamir qoriladi. So‘ng 30 daqiqa muzlatkichga qo‘yiladi. Undan so‘ng xamir 7-8 sm qalinlikda yoyilib, shaklli qoliplar yordamida kesib olinadi. Gaz patnisiga pishiriq qog‘ozi yoyilib, pechenyelar terib chiqiladi. Ustiga tuxum sarig‘i surtilib, maydalangan yong‘oq sepiladi.
Shirinlik qizdirilgan gaz pechida 200 daraja haroratda 20 daqiqa davomida qizartirib pishiriladi.