OIVga qarshi kurash kuchaytiriladi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi «Grand Mir» mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi faoliyat yuritayotgan hamkor tashkilotlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir BMT Tarqqiyot Dasturining OIVga qarshi kurash bo‘yicha loyihasini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika OITSga qarshi kurash markazi, BMTTD, YUNYeYDS vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad OIVning tarqalishiga qarshi kurash, ushbu kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan bag‘rikenglikni oshirish va bunda davlat, nodavlat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar hamkorligini mustahkamlashdan iboratdir.

Seminarda so‘zga chiqqan mutasaddi tashkilotlar vakillari OIVning oldini olish, kasallikka chalingan shaxslarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashda fuqarolik jamiyatining o‘rni va vazifalari xususida fikr bildirdilar. Shuningdek, OIV kasalligining oldini olishga oid qonun xujjatlarini takomillashtirish masalalari, muammolar va yechimlar xususida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bundan tashqari hamkor tashkilotlar vakillari OIVning oldini olish bo‘yicha milliy an’ana va qadriyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan dasturlarni mamlakatda amalga oshirilishini ta’minlash, bu yo‘ldagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Basitxanova ishtirok etdi.

Mayna HASANOVA

Yana o‘qing:  Qo‘llarni parvarishlashda 10 ta maslahat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: