Yangi vaksina tatbiq etildi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Poytaxt” biznes markazida “O‘zbekistonda bolalarni poliomiyelitdan himoya qilish uchun yangi vaksina tatbiq etilishi”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda vazirlik mutasaddilari, soha mutaxassislari, JSST, BMTning bolalar fondi – “YUNISEF” xalqaro tashkiloti mas’ul xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

2019 yildan boshlab barcha o‘smir qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash bilan to‘liq qamrab olish yo‘lga qo‘yiladi. Milliy emlash kalendari bo‘yicha mamlakatimizda bolalar 12 ta boshqariladigan infeksiyaga qarshi davlat hisobidan profilaktik emlanadi. Shol kasalligi bo‘yicha mavjud barqaror epidemik vaziyatni saqlash, kasallikka moyil bo‘lgan aholini emlash bilan to‘liq qamrab olish maqsadida shu yilning 24-28 aprel kunlari mamlakatimizning barcha viloyatlarida poliomiyelit kasalligiga qarshi yangi vaksinani qo‘llash bo‘yicha Yevropa milliy emlash kunlarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

4 oylik bolalarga mo‘ljallangan poliomiyelit vaksinasi ushbu kasallikni dunyo miqyosida tugatilishiga xizmat qiladi. Endilikda u O‘zbekistonning milliy emlash dasturiga ham kiritiladi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, poliomiyelit kasalligiga qarshi vaksinaning xavfsizlik darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maxsus sertifikati bilan kafolatlangan bo‘lib, emlash – in’yeksiya yo‘li bilan amalga oshiriladi.

 

Suhrob AKBAROV,

Toshkent Moliya instituti talabasi

Yana o‘qing:  Farzand salomatligi – el baxti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: