Sadriddin yana tengsiz
Rabot shahrida o‘tgan musobaqada karatechilarimizdan Sadriddin Saymatov va Dostonbek Otabolayevlar finalga chiqdi.
60 kilogramgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan sportchimiz so‘nggi final uchrashuvida turkiyalik Aykut Kayaga qarshi bahslashib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Vazni 75 kilogramgacha bo‘lgan Dostonbek Otabolayev esa finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lub etib, yakunda kumush medal sohibiga aylandi.