MTMlarda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati
Barcha jabhalarda bo‘lgani kabi maktabgacha ta’lim tizimiga ham innovatsion texnologiyalar jadal sur’atlar bilan joriy etilmoqda. Bu esa mashg‘ulotlarning yanada qiziqarli o‘tishiga, bolalar dunyoqarishining kengayishiga, erkin fikrlashiga xizmat qiladi. Jumladan, mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan interfaol usullar bu borada o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Ushbu o‘qitish usulida nafaqat tarbiyachi qo‘l ostidagi bolalar bilan yaqin aloqa o‘rnatadi, balki kichkintoylarning o‘zlari ham bir-birlari bilan ma’lumot almashish imkoniga ega bo‘ladi. Qolaversa, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi faollik yanada ortib, bolakaylar o‘z o‘rtoqlarining fikrlarini tinglash va hurmat qilishga o‘rganadi.
Mashg‘ulot jarayonida “tarmoqlar”, “muzyorar”, “aqliy hujum”, “kubik usuli”, “zigzag”, “xazinalar sandig‘i”, “qor bo‘roni”, “akvarium” kabi interfaol usullardan foydalanish mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, ertamiz kelajagi bo‘lgan yosh avlod taqdiriga daxldor bo‘lgan barcha masalalar har birimizning diqqat markazimizda bo‘lmog‘i lozim.
Lola MAHMUDOVA,
Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 8-”Paxtaoy” MTM tarbiyachisi