Namanganda velopatrul xizmati yo‘lga qo‘yildi

Namangan shahrida viloyat ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tomonidan patrul-post xizmati ba-talonida velopatrul xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha ekologik jihatdan atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, harakatlanish qiyin bo‘lgan tor ko‘chalarda ham tezkorlik bilan fuqarolarga yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi mazkur patrul ayni kunlarda Namangan shahrida beshta yo‘nalish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Velopatrulning asosiy vazifasi jamoat joylarida tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatish, turli jinoyatlarni tezkor ravishda oldini olish, xizmat sifati va jamoat tartibini saqlash samaradorligini oshirish, ichki ishlar organlarida mobilizatsiyani rivojlantirishdan iboratdir. Xizmat velosipedi maxsus vositalar, xizmat sumkasi, birinchi yordam ko‘rsatish qutisi va Namangan shahrining xaritasi bilan ta’minlangan.

Yana o‘qing:  Taekvondochilarimizning olamshumul g‘alabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: