Onam

Yig‘lagan bo‘lsa ham, kuladi onam,

Ozorlar qalbini tiladi onam.

Menga ne dard borin biladi onam,

Bunchalar shavqatsiz bo‘lmasang hayot.

 

Dunyodan topgani mehrmas jafo,

Onamga yo‘qmidi shavqat-u vafo.

Otam nega bunday, buncha bevafo?

Bunchalar shavqatsiz bo‘lmasang hayot.

 

Yig‘lagim keladi, sochingizda oq,

Ezilib ketaman yashayapsiz tog‘.

Chidolmayman onajon, chidolmayman oh,

Bunchalar shavqatsiz bo‘lmasang hayot.

 

Qahrli bo‘lma deb, baxtli bo‘l deya,

Sarsonlar yurmagin taxtli bo‘l deya.

Men va ukam uchun yashaysiz kuya.

Bunchalar shavqatsiz bo‘lmasang hayot.

 

Maftuna TILOVOVA

Yana o‘qing:  “Ochiqlik indeksi”: Sog‘liqni saqlash vazirligi peshqadam

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: