Yosh bokschilarimiz qit’a chempionatiga tayyorlanmoqda
Tailandning Bangkok shahrida 19-28 aprel kunlari 2000–2001 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi.
Osiyo boks konfederatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan qit’a chempionatida o‘ttizdan ziyod mamlakatdan 200 nafardan ortiq bokschilar g‘oliblik uchun ringga ko‘tariladi.
Chempionatda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga Hamid Tangriberganov bosh murabbiylik qilsa, Botirjon Mahmudov, Davron G‘afurov, Ilhom Ortiqov kabi murabbiylar yordam beradi.
Shuningdek, musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda Sodirbek Kamolmirzayev, Samandar Xolmurodov, Abdumalik Halokov, Javlonbek Yo‘ldoshev, Halimbek Utegenov, Jahongir Rahmonov, Navo Tamazov, Jamshid Xudoyberganov, Javohir Tog‘aymurodov, Timur Otaboyev o‘z vazn toifalarida ishtirok etadilar.
Qizlar o‘rtasida Xursandoy Xolmatova, Maftuna Fayzullayeva, Nasiba Xayrullayeva, Mahliyo Rahimova, Navbahor Hamidova mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Osiyo chempionatida Jasur Qurbonov referi sifatida ishtirok etadi.
T. ORTIQOVA