“Metan” shoxobchalaridagi noqulaylik qachon bartaraf etiladi?

Uzoq safarga chiqqan kunimiz odatdagiday avtomobillarga gaz quyish shaxobchasida to‘xtab o‘tdik.

Mashinamiz manzilga kelib to‘xtagach, kuzatuvchi xodim yo‘lovchilarni maxsus kutish joyiga o‘tishlarini tayinladi. Barchamiz ulovdan tushib, odamlar to‘planib turgan tomonga yura boshladik. Lekin negadir oldimizdagi mashinada yo‘lovchilar uzoq turib qoldi. Keyin bilsak, mashinada og‘ir bemor bo‘lib, uning o‘rnidan turishi mumkin emas ekan. Shofyor har qancha urinsa ham shoxobcha xodimi mashinada qolish mumkin emasligi, imkonini qilib bo‘lsa-da, uni pastga tushirish zarurligini ta’kidladi. Oxir-oqibat bemorning yaqinlari uni ko‘tarib, yo‘lovchilar kutish joyiga olib bordi. Manzil ancha uzoq bo‘lganligi, buning ustiga bemor ayol kishi ekanligi uchun u o‘zini ancha noqulay his etardi. Boz ustiga kutish joyida bemor uchun yetarli sharoit yo‘qligi sabab, uning ahvoli og‘irlashdi…

Bu kabi holatlarga uzoq yo‘lga chiqqan insonlar bir marta bo‘lsa-da guvoh bo‘lganiga aslo shubhamiz yo‘q. To‘g‘ri, xavfsizlik qoidalarini hisobga oladigan bo‘lsak, odamlarning mashina ichida qolishi hayot uchun xavfli hisoblanadi. Lekin, shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi. Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilganda gaz quyish shaxobchalari rahbarlari bemorlar uchun zarur sharoitlarni yaratib berishi kerak emasmi? Xo‘sh, bunday maskanlar qaysi talablarga javob berishi keragu, xavfsizlik choralari nimalardan iborat?

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq yurtimizda keng aholi qatlami foydalanadigan inshootlar nogiron hamda bemor insonlarning jismoniy holati inobatga olingan holda qurilishiga katta ahamiyat berilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Dadaxonov. – Bu bevosita avtomobillarga gaz quyish shoxobchalariga ham tegishlidir. Shu bois, hozirda AGTKSHlarning qurilishida bunga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sal avval qurilgan bunday maskanlar egalariga esa fuqaro xavfsizligi hamda muhofazasi kabi holatlar inobatga olingan holda faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi va yo‘lovchilarga yetarli sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Darhaqiqat, yangi gaz quyish shoxobchalari mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Biroq, hammasi haqida ham bunday deb bo‘lmaydi. Ayrimlarida hatto, yog‘ingarchilik paytida yo‘lovchilar uchun yopiq kutish joylari tashkil etilmagan. Shuningdek, sanitariya-gigiyena holati ham mutlaqo talabga javob bermaydi.

“O‘zdavneftgazinspeksiya” tashkilotining bergan ma’lumotlariga ko‘ra “Davarxitektqurilish” hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitalarining mas’ul xodimlari bilan birgalikda 2018 yil 1 mart kuni holatiga ko‘ra respublikada faoliyat yuritayotgan 591 ta AGTKSHdan 116 tasida namunaviy, 216 ta shaxobchada esa zamonaviy loyiha asosida sanitariya-gigiyena tarmoqlari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Yana o‘qing:  Arazchi bolalar. Maslahat, tanbeh berishga shoshilmang!

Bu albatta, quvonarli hol. Biroq, biz yuqorida keltirgan holatlar bo‘yicha ham tez orada samarali ishlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

 

Mayna HASANOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: