Diqqat, tanlov!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi
“Xorijiy va mahalliy OAVlarda yuksak huquqiy tafakkurni, inson huquqlari madaniyatini, jamoatchilik nazoratining innovatsion shakl va mexanizmlarini keng targ‘ib etish” mavzusida davlat grantlari ajratish uchun tanlov
E’LON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha-buyurtmanomalari qabul qilinadi:
- Mamlakat parlamenti qabul qilgan yangi qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlarining asosiy jihatlarini keng ommaga yetkazishning samarali innovatsion shakl va mexanizmlarini tatbiq etish.
- Qonunlarning insonlar hayotiga real ta’sir darajasi va aholi bilan muloqotning yangi usullarini, qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi roli va ahamiyatini yuksaltirishning innovatsion usullarini joriy etish.
- Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishning innovatsion shakllarini amaliyotga kiritishga ko‘maklashish.
- Jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni, qonun va inson huquqlariga hurmat munosabatini shakllantirish bo‘yicha hamkorlikdagi dasturlarni samarali amalga oshirish.
- Qonun loyihalarining ekspert va jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish, jumladan, maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uyushtirish, internet va bosma nashrlarda maqolalar chop etish.
- Davlat organlari bilan hamkorlikda OAVlar materiallarining professional, mafkuraviy va badiiy darajasini yuksaltirish dasturlarini amalga oshirish.
- Yosh jurnalist va texnik xodimlar mahorati hamda ijodiy faolligini yuksaltirishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
- OAVlarning fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, sotsial-huquqiy ongiga ijobiy ta’sirini kuchaytirish.
- Kommunal, savdo va xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish sohalarida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va jamoatchilik nazoratining innovatsion usullarini ro‘yobga chiqarish.
- “Davlat organlari xalq xizmatida” shiori ostida jamiyatda huquqiy madaniyatni va aholining huquqiy ongini yuksaltirishga, qonunga hurmat, jinoyatchilikka murosasizlik tuyg‘usini kuchaytirishga ko‘maklashish.
- Davlat organlarida murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash.
- Erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlarini OAVlarda keng yoritish.
- Ayollar va bolalarning huquqlari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy-huquqiy va sotsial-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
- “Adolat qonun ustuvorligida”, “Aholi murojaatlari – doimiy e’tiborda” shiorlari ostida qonun hujjatlarining ijrosi hamda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlari va amaliyotini rivojlantirish.
- Huquqni muhofaza qilish organlari huzuridagi faxriylar kengashlarini uyushmagan va tarbiyasi muammoli yoshlar bilan ishlashga keng jalb qilish, ularning qonuniy manfaatlarini, niyatlarini ro‘yobga chiqarish.
- “Men O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganaman” shiori ostida turli ko‘rgazmali materiallar tayyorlash va tarqatish.
Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
- Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
- www. fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
- Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi.
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
- Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining iltimosnomalari, tavsiya xatlari ilova qilinishi mumkin.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 30 million so‘mgacha.
Hujjatlar 2018 yil 15 martidan 20 aprelgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100163, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining www. fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76,239-26-86.