Ilm va hunar yo`li

farovon hayot sari yetaklaydi

Ta'lim tizimida olib borilayotgan keng islohotlar jarayoni bugun o'z mevasini bermoqda. Yoshlarimizning har tomonlama yetuk va barkamol bo'lib voyaga yetishlari ertamiz uchun mustahkam zamin hozirlaydi. Ana shunday qulay imkoniyatlar va yetarlicha shart-sharoitga ega bo'lgan Samarqand viloyatidagi Urgut qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida ayni paytda o'nta yo'nalish bo'yicha 2759 nafar yoshlar ta'lim olib kasb sirlarini puxta egallamoqda.

Ularga o'z sohasining yetuk bilimdoni bo'lgan 92 nafar pedagog-muhandislar ta'lim-tarbiya bermoqda. Bilim dargohida barcha fanlar va mutaxassisliklar bo'yicha to'garaklar tashkil etilgan bo'lib ular o'quvchilar bilan gavjum. O'tgan yillar mobaynida mazkur kollej avtotransport vositalariga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha Janubiy Koreyadan keltirilgan jihozlar bilan taminlangan bo'lsa, «Duradgorlik va parket ishlari» mutaxassisligida tahsil olayotgan o'quvchilar uchun Yaponiya davlatidagi «Jaika» firmasining beg'araz yordami tufayli keltirilgan duradgorlik uskunalari ayni muddao bo'ldi.

Mavjud kompyuter xonalari zamonaviy jihozlar va elektron darsliklar bilan to'liq ta'minlangan. Axborot resurs markazi yoshlarning sevimli maskaniga aylangan. Ilm dargohida sport – sog'lomlashtirish ishlariga bo'lgan yuksak e'tibor tufayli yoshlarning Respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, yuqori natijalarni qo'lga kiritayotgani quvonarli albatta. Kollej o'quvchisi Munira Tursunova o'tgan yili Bolgariyaning Bolchuk shahrida shashka bo'yicha Butunjahon yoshlari o'rtasida bo'lib o'tgan oltmish to'rtinchi musobaqada muvafaqiyatli ishtirok etib qizlar o'rtasida uchinchi o'rinni egalladi.

Ilm dargohining futbol jamoasi yigitlari, basketbolchi qizlar jamoasi ham bir qator musobaqalarda muvaffaqiyatli o'rinlarni egal­lashgan. Kollej o'quvchisi Mohichehra Erkinova «Kelajak ovozi» Respublika ko'rik-tanlovining viloyat bosqichida «An'anaviy va amaliy san'at» nominatsiyasi bo'yicha faxrli ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Komil Toshpo'latov «Duradgorlik va parket yo'nalishi» bo'yicha «Eng yaxshi mutaxassis» tanlovining Respublika bosqichida faxrli II o'rinni qo'lga kiritdi. Shuningdek, o'tkazilgan fan olimpiadasining respublika bos­qichida Natalya Kalpakova III o'rinni egalladi. Sanayversak yutuqlarning salmog'i arzirli.

– Erishayotgan yutuqlarimizning bosh omili o'qituvchilarning yosh­larga zamon talablari darajasida bilim berish bilan birgalikda ularning kasb mahoratlarini oshirish borasida olib borayotgan tinimsiz izlanishlaridir. Joriy yilda kollejni tugatgan 809 nafar o'quvchilarning asosiy qismi muqim ish o'rinlariga ega bo'lishdi. Ulardan 42 nafari tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun o'z biznes rejalarini tuzib amaliyotga tatbiq etishmoqda. Iqtidorli o'quvchilar esa oliy o'quv yurtlariga kirish niyatida test sinovlariga puxta hozirlik ko'rishayapti, – deydi kollej direktori Sadriddin Nizomov.

Яна ўқинг:  Фарзандингиз агар...

Darhaqiqat, Urgut qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan yoshlarning shiddatlu shijoatiga havas qilsang arziydi. Izlanuvchan, intiluvchan bunday iqtidorli o'quvchilar har sohada teng­doshlariga o'rnak bo'lishmoqda.

Yoshlar ta'lim-tarbiyasi yo'lida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bugun o'z mevasini berayotgani esa ilm maskanida bilim berayotgan malakali ustozlarning chinakam mehnatidan dalolat beradi.

Faxriddin NURMUHAMMEDOV,

Samarqand viloyati

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: