Dildan taralgan ohanglar

O'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy olamini boyitish va madaniy saviyasini yuksaltirish, fikrlash qobiliyatini o'stirish, yoshlarni milliy va jahon musiqa hamda boshqa san'at turlarining yuksak namunalaridan bahramand qilish asosida tarbiyalash hozirgi kunning asosiy talablaridan biridir. Yurtboshimiz tomonidan «Bolalar musiqa va san'at maktablari moddiy texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo'yicha» qabul qilingan qarori bugungi kunda o'z natijalarini bermoqda.

Xususan, bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilanishi ta'lim sifatini yanada o'sishiga xizmat qilmoqda. Bunday zamonaviy, qayta qurib jihozlangan musiqa maktablarida tajribali ustozlardan saboq olayotgan yoshlarimiz jahon sahnalarida o'zbek musiqa san'atini dunyoga namoyish qilib, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishmoqda.

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 13-bolalar musiqa va san'at maktabida tahsil olayotgan yoshlarga musiqa sirlarini qunt bilan o'rgatayotgan ustozlarning sa'y-harakati bois o'quvchilar dunyo miqyosidagi tanlovlarda ko'plab muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritishgan. Ta'lim maskani o'quvchisi Iskander Muhammedjanov o'tgan yili Italiyaning Barletta shahrida bo'lib o'tgan yosh musiqachilarning «Citta di Barlietta» 22-Xalqaro tanlovida o'zining yorqin ijrosi bilan 1-darajali diplom va oltin meda sovrindori bo'ldi. Ushbu nufuzli tanlovda uning ustozi K.Djalmenova ham maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Shu yilning aprel-may oylarida mazkur tanlovning bu yilgi 23-da esa yana bir iste'dod sohibi Yoqutxon G'aniyeva ham ishtirok etib, 1-darajali diplom va oltin medalni qo'lga kiritdi. Shuningdek, iqtidorli qiz solo ijrochiligi uchun 2-darajali diplom va kumush medal sohibasi bo'ldi. Yoqutxon sahnada yakka (solo) ijroda o'zbek bastakori A.Nabiуevning «Tanovar», chet el kompozitorlaridan I.S.Bax va F.Shopen asarlarini mahorat bilan ijro etib tomoshabinlarning yuksak e'tirofiga sazovor bo'ldi.

Ushbu ta'lim maskanida tahsil olayotgan yoshlarning musiqa sirlarini qunt bilan o'rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shu bois ham musiqa maktabida tahsil olmoqchi bo'lgan o'quvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Yurtboshimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek: «Biz o'z iste'dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho'qqilarini zabt etishi uchun qanot berishimiz kerak». Darhaqiqat, iqtidorli yoshlarimiz ertamizning munosib vorislaridir.

Nazokat G'ANIYeVA,

Toshkent shahridagi 13-bolalar musiqa va san'at maktabi o'qituvchisi

Яна ўқинг:  Hunarga havas, maqsadga harakat yetkazur

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: