Yangi o‘t o‘chiruvchi robot

2013 yil Yevropa Ittifoqida boshlangan o‘t o‘chiruvchilarga yordamchi robot yaratish loyihasi ustida Belgiya, Germaniya, Shveysariya va Italiya kabi davlatlar mutaxassislaridan iborat guruh ish olib bordi.

Natijada 2015 yilga kelib ushbu yordamchining nusxasi yaratildi. Biroq, uni takomillashtirish bo‘yicha ishlar to‘xtagani yo‘q. Barcha izlanishlarning samarasi sifatida “WALK-MAN” deb nom olgan haqiqiy o‘t o‘chiruvchi robot yaratildi va dastlabki sinovdan o‘tkazildi.

Avval namoyish etilgan namunadan farqli o‘laroq, yangi robot 31 kilogrammga yengillashib, 102 kg. ga, bo‘yi esa 185 sm. ga teng bo‘ldi. Ushbu yordamchida 32 ta “tomir” bo‘lib, har biriga motor o‘rnatilgan. Natijada har qanday sharoitda ham uning tez harakatlanishiga erishilgan.

Robotni operator boshqaradi. Mutaxassis ushbu qurilmani videokamera tasvirlaridan foydalangan holda boshqarishi uchun unga uch o‘lchamli lazerli skaner o‘rnatilgan. U eshikni ochishi, o‘t o‘chirish balonini ishlatishi mumkin. Bir qo‘li bilan 10 kg. gacha yukni ko‘tarish imkoniga ega. Robot mustaqil holda 2 soat ishlashi mumkin.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  OGOHLIK ODATIMIZ BO‘LSIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: