Tafakkur sandig‘idan
Immanuil Kant
Rad etilishdan cho‘chimaslik kerak. Boshqa narsadan – seni tushunmasliklaridan ehtiyot bo‘l.
* * *
Har bir fan faqat riyoziyot bilan inoqlashgandagina mukammallikka erishadi.
* * *
Tashqi xotirjamlik faqat zohiran mavjuddir. Inson tabiatidagi pinhoniy shubhalar urug‘ini tag-tomiri bilan bartaraf etmoq joiz. Biroq, buning uchun biz avvalo bu kurtakka erkinlik va hatto ozuqa berishimiz kerak. Shundagina u nish urib, ko‘zga ko‘rinadi va uni ildizi bilan yo‘qotish mumkin bo‘ladi.
* * *
Og‘zimizdan chiqayotgan hamma so‘zlar haqqoniy bo‘lmog‘i kerak. Ammo bu, biz har qanday haqiqatni ochiq aytishga majburmiz, degani emas.
* * *
Daholik – o‘rgatib ham, o‘rganib ham bo‘lmaydigan iste’dod mahsuli.
* * *
Iztirob faoliyat istagini uyg‘otadi.
* * *
Salomatlik holatidagi mehnatdan keyingi hordiq har qanday jirkanchlik aralashmasidan xoli bo‘lgan eng buyuk hissiy lazzatdir.
* * *
Insondagi qulaylikka moyillik hissi hayotda mavjud bo‘lgan har qanday yovuzlikdan ham yomonroqdir.
* * *
Fikrlarni emas, fikrlashni o‘rgatmoq kerak.