“Kitob tarqatuvchilar” assotsiatsiyasi tuziladi
Mamlakatimizda yiliga 3 ming nomdan ziyod, qariyb 60 million nusxada adabiyotlar nashr etilmoqda. Lekin ularni joylarga arzon narxlarda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish masalasida muammolar mavjud. Shuni hisobga olib O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi huzurida “Kitob tarqatuvchilar” assotsiatsiyasi tuzilishi belgilangan. Bu haqda Buxoro tumanida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L. Tangriyev ma’lum qildi.
Xalqimizni kitob mahsulotlari bilan ta’minlash va kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun “Kitob tarqatuvchilar” assotsiatsiyasini tashkil etish zarur. Mazkur assotsiatsiya xaridorlar va kitob do‘konlari o‘rtasidagi aloqani mustahkamlab, o‘zaro me’yorni belgilab beradi, takliflar bildiradi, bu sohadagi muammolarni bartaraf etishda ko‘prik vazifasini bajaradi.