O‘zbekiston 2019 yilgi Osiyo chempionati mezboni
B16-20 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida erkaklar, ayollar va yoshlar o‘rtasida velosport bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etdilar. Musobaqada velosport-trek yo‘nalishi bo‘yicha bahslarda qatnashgan hamyurtimiz Murodjon Xolmurodov bronza medali sohibiga aylandi. Hamyurtimiz bahslarda jahon kubogi g‘olibi Nikita Panassenko (Qozog‘iston) va Osiyo chempioni Shunsuke Imamura (Yaponiya)larni ortda qoldirgani e’tiborga molik.
Kongress davomida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev Osiyo velosport konfederatsiyasining vitse-prezidenti lavozimiga saylandi. Shuningdek, kongresda O‘zbekiston 2019 yilgi Osiyo chempionati mezbonligi huquqini qo‘lga kiritdi. Undan tashqari Osiyo velosport konfederatsiyasining navbatdagi kongresi ham poytaxtimizda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
T. ORTIQOVA