Rak kasalliklarining oldini oluvchi 10 ta mahsulot

Davomi. Boshi

 

  1. Pomidor

So‘nggi yillarda naturapat mutaxassislar (tabiiy mahsulotlar bilan davolash tarafdorlari) pomidor tarkibidagi likopen moddasi saraton hujayralariga kuchli salbiy ta’sir etuvchi omil ekanligini ta’kidlashmoqda. Ayniqsa, “g‘arq” pishgan mahali uni to‘yib-to‘yib iste’mol qilish zarur.

 

  1. Baliq va tuxum

Ushbu mahsulotlarni birga iste’mol qilib bo‘lmaydi. Chunki mijoz buzilib pes paydo qiladi. Shuningdek, ularni sut, qatiq bilan ham iste’mol qilish mumkin emas. Ammo, har qaysisini turli vaqtda va alohida yeyish foydali. Ayniqsa, uy tovug‘i va bedana tuxumi shifobaxsh. Baliqning kambala turi dorivor xususiyatga ega. Har ikkala mahsulot tarkibida ham omega-3 yog‘ kislotalari mavjud. Bu kislotalar rak hujayrasini nobud etadi.

 

  1. Sitrus mevalar va rezavorlar

Sitrus mevalar (limon, apelsin, mandarin, kivi, avakado, ananas, banan) hamda klyukva, shuningdek, na’matak, malina (xo‘jag‘at), smorodina (qorag‘at), chakanda (oblepixa), qulupnay, maymunjon, anor tarkibida ellaga kislotasi hamda bioflovonoidlar mavjud. Ushbu mahsulotlar (anordan tashqari) S darmondorisiga o‘ta boyligi bilan ajralib turadi. S vitamini ham antioksidant faollikka ega. Ellagova kislotasi esa rak hujayralarining o‘sishini sekinlashtiradi. U inson genini shikastlanishidan asraydi.

 

  1. Foydali ziravorlar

Zanjabil va dolchinli choy hamda zarchavali osh ham shifobaxsh ta’sirga ega. Ayniqsa, zarchava saratonga qarshi kurashuvchi yaxshi antioksidant hisoblanadi. Ichak va qovuq saratonini davolashda ijobiy xususiyatga ega. Bu ziravorlar saratonning ayrim turlari bilan xastalangan bemorlar organizmida o‘ziga xos enzimlarning ko‘p ajralishining oldini oladi.

 

Gulchehra ShIRINOVA

Yana o‘qing:  Seldereyning 8 foydali xususiyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: