Namanganda ilk bor egilgan umurtqa operatsiya qilindi
Yaqinda Namangan viloyatida egilgan umurtqa pog‘onasi to‘g‘rilandi. Buning uchun to‘rt soatlik ortopedik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Qayd etish joiz, hozirgi vaqtga qadar shunday murakkab operatsiya faqatgina Toshkent shahrida amalga oshirib kelinardi. Yuksak tibbiy mahorat va o‘ziga xos mas’uliyat talab etadigan ishga viloyat ko‘p tarmoqli tabbiyot markazida qo‘l urildi. Uni ushbu tibbiy markaz bosh vrachi, tibbiyot fanlari nomzodi Zafar Xolov hamkasblari bilan birgalikda sharaf bilan uddaladi.