Prezident videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda maktabgacha ta’lim muassasalarining joylardagi ahvoli, sohadagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoev bu tizimni har tomonlama tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda qolgan eng kichik jihatlargacha e’tibor qaratdi.
Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va jihozlash, davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bog‘chalar tashkil etish, ularda bolalarni belgilangan me’yorlar asosida to‘g‘ri va sifatli ovqatlantirish, tarbiyachilarning saviyasi, bilimi va ko‘nikmalarini oshirish kabi qator dolzarb vazifalar muhokama qilindi.