Jamg‘arma faoliyatidan (2013-29)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Taxtako‘pir tumani, Mulk- ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi jami 321 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi ma’ruzalar o‘qildi.
Buxoro viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Jondor tumanidagi Aleli, Xo‘jalik, Mustaqillik va Urganjiyon qishloq vrachlik punktlarida jami 104 nafar o‘smir qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ular o‘rtasida «Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari» va «Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh nima uchun xavfli?» mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Toshkent viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Pskent tumani, Oqtepa qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli Yangiobod, Do‘stlik, O‘smat, Mingo‘rik, mahallalarida istiqomat qiluvchi jami 226 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Namangan viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Oqtom qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli Baratov, Zarbdor va Soy bo‘yi mahallalarida istiqomat qiluvchi jami 61 nafar o‘smir qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ular o‘rtasida «OIV va OITS nima?» va «Reproduktiv salomatlik» mavzularida davra suxbatlari o‘tkazildi.
Samarqand viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Urgut tumani Urakbayjar qishloq vrachlik punktida jami 294 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Abbosjon ERGASHEV,
«Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi bosh mutaxassisi