TIKA O‘zbekistondagi yosh fermerlarga ko‘mak beradi

O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi va TIKA (Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi)ning hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yosh fermerlar faoliyatiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir qancha ijobiy kelishuvlarga erishdi. Jumladan, endi Turkiya energiya manbalari yordamida sug‘orish tizimlarini rivojlantirish dasturi yosh fermerlar faoliyatida joriy etiladi.

Uchrashuvda, shuningdek, yosh fermerlar faoliyatida asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha ham bir qancha loyihalar ilgari surildi. Loyihalarga ko‘ra ikki tomonning kelishuvi asosida yosh fermerlarga Turkiyadan ona asalarilar hamda asalari ko‘paytirishda kerak bo‘ladigan tehnologiyalar yetkazib beriladi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun respublikamizning faol yosh fermerlari Turkiyada malaka oshirib qaytishlari ham rejalashtirilgan.

 

Ilyos SAFAROV,

O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi matbuot xizmati rahbari

Yana o‘qing:  Davlat grantlari ajratish uchun tanlov e’lon qilindi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: