Xametovlar triosi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 8-14 yanvar kunlari Budapesht shahrida XII Xalqaro sirk festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 15 ta davlatdan 126 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Ular orasida mashhur Xametovlar sulolasi vakillari – Rustam, Kamila va Dalerlar qatnashib, havo akrobatlari yo‘nalishi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Hakamlarga Charli Chaplinning o‘g‘li Yujin Chaplin boshchilik qildi. Festivalda Xametovlarning oilaviy uchligi “Kamarlar” nomli tomoshani namoyish etdi. 126 nafar qatnashchi o‘rtasida yurtdoshlarimiz oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Shu munosabat bilan 26 yanvar kuni “O‘zbekdavlatsirk”ida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Xametovlar festivalgacha bo‘lgan tayyorgarlik jarayoni mashaqqatlari, festivalda olingan taassurotlarni yig‘ilganlarga so‘zlab berishdi.

Jurnalistlar bergan savollarga Xametovlar tomonidan atroflicha javob berildi.

Yana o‘qing:  Mariyaning muzaffarona qaytishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: