“Salomatlik” poyezdi ilk bor Andijonda

Xabaringiz bor, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Salomatlik poyezdi” avvallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryo hamda Navoiy viloyatlarining olis va chekka, ekologik noqulay hududlariga borib, u yerdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatar edi.

2018 yilning 16-21 yanvar kunlari mazkur poyezd yangi – Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab vodiy safariga otlandi. Maqsad viloyatning chekka tumani – Paxtaobod aholisiga insonparvarlik yordamlari ko‘rsatishdan iborat.

Joriy yilning 16 yanvar kuni “Tentaksoy” temir yo‘l stansiyasida O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T. Norboyeva, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari M. Yunusova, Paxtaobod tumani hokimi F. Xojimatov va tuman tibbiyot birlashmasi vakillari va keng jamoatchilik ishtirokida “Salomatlik” poyezdini tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi.

Loyiha doirasida malakali mutaxassislar Paxtaobod tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Kasallik aniqlangan bemorlarga sog‘lomlashtirish yuzasidan tavsiya va maslahatlar berilib, viloyat va tuman shifoxonalariga davolanish maqsadida yo‘naltirildi.

Tibbiy ko‘rik “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Salomatlik tibbiy-sanitariya yordami poyezdi” shifokorlari, fondning Andijon viloyati hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi mutaxassislari, shuningdek, Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan amalga oshirildi.

Fondning viloyat filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari hamkorligida jami 750 nafar aholiga dori-darmon, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechak, bolalar tagliklari va sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat insonparvarlik yordamlari yetkazib berildi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, yoshlarni ham ma’nan, ham jismonan sog‘lomlashtirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kamqonlik, bo‘qoq kasalligining oldini olish bo‘yicha “Sog‘lom avlod uchun” fondining Andijon viloyati hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasining mutaxassislari, tuman tibbiyot birlashmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Ushbu xayriya aksiyasi doirasida paxtaobodliklarga jami 1 milliard 312 million so‘mlik insonparvarlik yordami yetkazildi.

“Salomatlik poyezdi” mutaxassislari tomonidan Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj jami 734 nafar aholi chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga 2 334 ta tor mutaxassislik bo‘yicha maslahatlar berildi:

 

Sarvar IS’HOQOV,

Yana o‘qing:  POLVONLARIMIZ PEShQADAM

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashkiliy-uslubiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: