Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni matbuotda e’lon qilindi. Ushbu huquqiy hujjat orqali aholini qiynab kelayotgan ko‘plab muammoli masalalarga yechim topiladi. Xususan:

Davlat dasturi loyihasini muhokama qilish davomida fuqarolardan 4,4 mingta taklif va sharh kelib tushdi, ulardan Davlat dasturini takomillashtirishda foydalanildi.

Farmon bilan tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bo‘yicha ikki yil muddatga moratoriy e’lon qilindi. Endilikda, farmon e’lon qilingan kundan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlariga vaqt va resurs sarflamasdan o‘z faoliyatini xotirjam amalga oshirishlari mumkin.

vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan yoxud turar joyi bo‘yicha hisobda turmagan fuqarolarni ishga olishga oid ta’qiq bekor qilinadi. Ushbu norma fuqarolarga mamlakatimizning istalgan hududida, ayniqsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ishga joylashishda hech qanday cheklovlarsiz o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Istiqbolli kadrlar qayerda doimiy yoki vaqtincha propiska qilingani, turar joyi bo‘yicha hisobda turganidan qat’i nazar, poytaxt mintaqasida mehnat qila oladilar. O‘z navbatida, ish beruvchilar vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan yoxud turar joyi bo‘yicha hisobdan o‘tmagan fuqarolarni ishga olganliklari uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

Davlat dasturi doirasida 37 ta qonun (Saylov kodeksi, “Davlat xizmati to‘g‘risida”, “Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida”, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”, “Fan to‘g‘risida”, “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi va boshqalar)ni ishlab chiqish, 142 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish hamda turli sohalarni qamrab oladigan 52 ta amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Davlat funksiyalari va vakolatlarining amaldagi markazlashgan tizimiga barham beriladi. Bundan pirovard maqsad – hokimlar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish va aholi farovonligini oshirishni amalda ta’minlash imkonini beradigan real vakolatlarga ega bo‘lishiga erishish.

Banklar va bank faoliyatiga doir qonunchilik tubdan qayta ko‘rib chiqilib, sohada “raqamli banking”, “internet-banking” va boshqa zamonaviy texnologiyalar tatbiq etiladi.

Soliq va bojxona siyosatini takomillashtirish va optimallashtirish, soliq yukini kamaytirish, soliq va bojxona ma’murchiligini soddalashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Yana o‘qing:  Futbolchilarimiz finalda

Turizm sohasini rivojlantirish, kirish turizmi va ichki turizmni rivojlantirishni rag‘batlantirish, sayyohlar uchun ma’muriy va viza bilan bog‘liq tartibotlarni soddalashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha “iste’mol savatchasi”ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish nazarda tutilgan. Hududlar kesimida “iste’mol savatchasi”ni hisobga olgan holda ish haqi, pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar miqdorini belgilash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mo‘ljallanmoqda.

Tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi. Sog‘liqni saqlash sohasiga “aqlli tibbiyot” tizimi, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish ko‘zda tutilmoqda.

Aholini arzon narxlardagi sifatli dori vositalari bilan ta’minlaydigan 2 mingta ijtimoiy dorixona tashkil etish rejalashtirilgan.

Aholi, ayniqsa, yosh oilalarning arzon uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida 2018 yilda bunday uylarni qurish hajmi 1,5-2barobar oshiriladi. Bu maqsadlar uchun 5 trillion 286 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Aholini telekommunikatsiya xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish uchun chekka hududlarda 2000 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tortish, internet tezligini 2,5 barobar oshirish va 4 mingdan ziyod mobil aloqa tayanch stansiyalarini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.

Ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, bunday fuqarolarni sog‘lom muhitga qaytarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Diniy ma’rifat tizimi qayta ko‘rib chiqilib, bu borada aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi va ta’sirchanligi kuchaytiriladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: