Transplantatsiya haqida yangicha tasavvur
Yaqinda Fransiyada inson teri qoplamasini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha noyob operatsiya amalga oshirildi. Unda tanasining 95 foiz qismi olovda kuygan 33 yoshli bemorga uning egizagi donorlik qildi.
Bemorni terini ko‘chirishga tayyorlash uchun ikkita jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi. Teri transplantatsiyasining o‘zi uch bosqichda, ya’ni bemorni davolash muddatining yettinchi, o‘n birinchi va qirq to‘rtinchi kunlari bajarildi. Umuman bemor o‘n marta jarrohlik amaliyotini boshidan kechirdi.
Donordan ellik foiz teri qoplamasi bosh, orqa va son qismlaridan olindi. Uning terisidan yupqa qavat olindiki, uning qayta tiklanishi uchun bir necha kun talab etildi va bu bir joydan bir necha marta teri qatlamini olish imkonini berdi. Olingan teri qatlami cho‘zilib, tur ko‘rinishidagi implantant shakli o‘tqazildi. Bemor hozirda mustaqil o‘zi yuradi va yoza oladi.
Jarrohlarning so‘zlariga qaraganda bunday katta hajmdagi terini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti dunyoda birinchi marta amalga oshirilgan.