Zarafshon archasi
Borliqda qor, lekin uning vujudida bahor. Archa qish saltanatining hukmiga bo‘ysunmay, yam-yashil to‘nini yechgani yo‘q. Uni Oybekjon shu yil bahorda ekkandi. Shoir bobosining “Bir o‘lkaki qishlarida shivirlar bahor”, degan satrlarini takrorlab qo‘yadi. Archa ham uning himmatini olqishlab, qaddini rostlaganday bo‘ladi. Yangi yilni namunali qurilgan uyda kutayotganlaridan barcha shod. Uy sohiblari shoxlariga turli o‘yinchoqlarni, yaltiroq qog‘ozdan bo‘lgan nuqralarni ilib, kelinchakday bezamoqdal. Bir o‘chib, bir yonib turadigan mitti elektr chiroqlari uning vujudidagi qon tomirlarga o‘xshaydi, silkinsa tirikday, go‘yo.
– Bu o‘zimiz ekkan Zarafshon archasi, – mag‘rurlanib qo‘yadi, Oybekjon hammaning diqqatini o‘ziga qaratib. – Uning ildizi baquvvat, ming yillar o‘tsada o‘sib turaveradi…
Qor nurlarida aks etayotgan quyosh go‘yo shu archaga bezakday tuyulib ketdi… Shu’lasi borliqni to‘ldirib yuborgan zarrin nur qalblarga ko‘chdi…
Pardaboy TOJIBOYEV