Internet tarmog‘ida “Mening fikrim” maxsus veb-sahifasi yaratiladi
Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida demokratiyaning ilg‘or mexanizmi sifatida jamoa bo‘lib elektron murojaat kiritish tartibini joriy etishni taklif etdi.
Ya’ni, bir guruh fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni Oliy Majlis yoki xalq deputatlari kengashlari ko‘rib chiqishi majburiy ekani qonunda belgilab qo‘yilishi lozim.
Shu munosabat bilan mamlakatimiz fuqarolari davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari uchun internet tarmog‘ida “Mening fikrim” deb nomlangan maxsus veb-sahifa tashkil etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
O‘zA