Shavkat Mirziyoev: “Deputatlar, senatorlarimiz uyg‘onishi kerak”
Bu – hayot talabi, degan gaplar gapligicha qolib ketdi. Yana bir bor aytaman, amaliy natija yo‘q, deya ta’kidladi Prezidentimiz Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida.
Yil davomida bildirilgan 136 ta qonunchilik tashabbusidan bor-yo‘g‘i 27 tasi deputatlarga tegishli bo‘lsa, ular ham asosan amaldagi qonunlarga Prezidentning farmon va qarorlaridan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘lsa, shuning o‘zi parlamentimizda faoliyat samarasi naqadar past ekanini ko‘rsatmaydimi?
Nima, islohotlarni amalga oshirish uchun faqat Prezident farmon va qarorlar qabul qilishi kerakmi? Qachon parlament, mayli, ko‘p emas, hech bo‘lmasa bitta sohani tubdan yaxshilashga qaratilgan qaror yoki qonun ishlab chiqadi? Qachon bo‘ladi bu ish? Xalqimiz sizlardan bu borada javob kutmoqda. Deputat yoki senator bo‘lib saylandik, bo‘ldi, endi o‘zimiz xohlagancha yuramiz, degan gaplar o‘tmishda qolib ketdi. Yana bir bor aytaman, uyg‘onish kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.
O‘zA