Tvorogli keks
Zarur masalliqlar: 200 gr. tvorog, 2 osh qoshiq suyuq qaymoq, 2 dona tuxum, 2 osh qoshiq saryog‘, 1 stakan bug‘doy uni, 1 stakan shakar, yarim choy qoshiq iste’mol sodasi, ta’bga ko‘ra tuz.
Tayyorlanishi: idishga 200 gr. tvorog, 2 dona tuxum, 2 osh qoshiq smetana, 2 osh qoshiq eritilgan sariyog‘, 1 stakan un, 1 stakan shakar, yarim choy qoshiqda iste’mol sodasi va ta’bga ko‘ra tuz solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Ta’bga ko‘ra qaynoq suvda ivitilgan mayiz ham qo‘shish mumkin. Tayyor bo‘lgan masalliq qolipchalarga solinadi va 180 S issiqlikda 25-30 daqiqa gaz pechida pishiriladi.