“Yoshlar poyezdi” Samarqandda
Samarqand viloyatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab “Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi.
Targ‘ibot aksiyasi ishtirokchilari dastlab Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi.
Shundan so‘ng taniqli olimlar, kino va teatr aktyorlari, sportchilar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollaridan iborat targ‘ibot guruhlari tuman va shaharlarga chiqib, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, kitob taqdimotlari, xayriya tadbirlari tashkil etildi, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdilar. Targ‘ibot guruhi a’zolari har bir tuman va shaharda kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar farzandlari, nogiron yoshlar bilan ham uchrashib, ularga zarur vositalar va esdalik sovg‘alari topshirdi.