Pashshalar me’da saratoniga sababchi
Pashshalarning inson organizmi uchun zararli bakteriyalarni tashib yurishi haqidagi xulosa xalqaro ilmiy guruh tomonidan tasdiqlandi.
Olimlar Janubiy va Shimoliy Amerika, shuningdek, Yevrosiyo mamlakatlaridan tutilgan pashshalarni o‘rganib chiqqanlar. Aniqlanishicha eng ko‘p bakteriyalar ularning panja hamda qanotlarida bo‘ladi. Bu hasharotlar zararli mikroorganizmlarning 351 xil turini o‘zlari bilan tashib yura oladi. Ular tashib yuradigan bakteriyalar orasida me’da saratonini keltirib chiqaruvchi Helicobacter pylori ham borligi alohida qayd etildi.