Nuroniylar e’zozda
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi arafasida “Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan joylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, yaqinda Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi “Ariran” saxovat uyida “So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri bilan hamkorlikda nuroniy otaxonu onaxonlar uchun “Nuroniylar e’zozimizda” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Koreya Respublikasining “KOFIH” xalqaro xayriya fondi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining vakillari ishtirok etdi.
“So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri tomonidan taqdim etilgan bayram dasturi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.