Fantastik filmlarning haqiqatga aylanishi

Google Glass – Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ko‘zoynakdir. Uni shu yil sotuvga chiqarish rejalashtirilgan. Ko‘zoynak ovozli buyruqlarni bajarishga qodir. Uning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun uni Wi-Fi yoki smartfoningizdagi uyali aloqaga ulash lozim. Google Glass haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun uning asosiy funksiyalari bilan quyida tanishing:

Suratga tushirish

«Ok, Glass, take a picture» (Xo‘sh, Glass, suratga ol) buyrug‘i berilganida, ko‘zoynak avtomatik ravishda suratga tushira boshlaydi. Video yozish uchun esa tegishli buyruq berilsa kifoya. Ushbu funksiyaning mohiyati shundaki, siz fursatni qo‘ldan boy bermagan holda, qo‘llaringiz yordamisiz suratga tushirishingiz mumkin.

Google qidiruv xizmati

Ovozli buyruq orqali foydalanuvchilar Google Glassdan ma’lum obektni aniqlab berishini so‘rashi mumkin. U haqidagi axborot «old oyna»da namoyon bo‘ladi. Sayohat vaqtida esa aeroportdagi samolyot holati va yo‘nalishlar bandligi darajasi kabi ma’lumotlar doimo ko‘z oldingizda aks ettiriladi.

Qadam-baqadam navigatsiya

Boshqa navigatsion dasturlardan farqli o‘laroq, Google Glass harakat ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri ko‘z oldingizda bo‘lib turishini ta’minlaydi. Shuningdek, Google Mapsning boshqa xususiyatlaridan ham foydalanadi.

Ovozli tarjimani amalga oshirish

Aytaylik, siz «rahmat» so‘zining yapon tilidagi tarjimasini bilmoqchisiz. Unda Glassga «Xo‘sh, Glass, Googledan «yaponchada rahmat» deb izla» (Ok ok, glass, google say thank you in japanese) degan buyruqni berishingiz kifoya.

Virtual eslatmalar

Google Glassning bu borada oddiy smartfondan farqi shundaki, u vizual xususiyatga ham egadir. Masalan, ma’lum bir ob’yektga qarab, shu haqida eslatish buyrug‘i berilishi mumkin. Va albatta, eslatmalarni kalendaringizga kiritib qo‘yadi.

Glass orqali suhbat

Google Glass ham ovozli, ham video suhbatlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, aloqadagi suhbatdoshga o‘zingiz ko‘rib turgan barcha narsani ko‘rsatishingiz mumkin. Bu imkoniyatdan foydalanib, voqea joyidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportaj olib borishingiz mumkin.

Imo-ishora orqali boshqaruv

Google o‘z ko‘zoynagini yuz va boshning oddiy harakatlari or­qali boshqarishga moslashtirgan. Masalan, ko‘z harakati yordami­da ekranni yoqish mumkin. Boshni engashtirish bilan esa ekranni «varaqlash» mumkin.

Internet materiallari asosida tayyorlandi

Yana o‘qing:  Yong‘in xavfsizligi: har faslda ogohmiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: