Obod uyda orom topganlar

Qo‘lida kalit ko‘targancha eshikdan yugurib uyga kirgan Javohir mehmonlar o‘tirgan xonaga kelganda to‘xtab qoldi. Hayajondan nafasi tiqildi:

– Endi har kuni bog‘chaga o‘zimizning uyimizdan boraman.

O‘z gapidan bolaning zavqi keldi:

– Eh-hey, endi o‘z uyimiz bor. Mehmonlar “hangu-mang” qolishdi. Uning quvnoq harakatlaridan nimadir anglashga urinishdi. Shu payt kichkintoyning ota-onasi o‘g‘lining ortidan xonaga “Assalomu alaykum”, deya tabassum bilan kirib kelishdi. Yaqinlari bilan hol-ahvol so‘rashishga ulgurmasdan turib, Jasurbekning yoniga kelgan o‘g‘li shiringina tili bilan – “Dadajon, syurprizni hammaga, siz, men, oyim birga aytaylik”, deb o‘zicha erkalandi. Hamma savol nazari bilan ularga qaradi.

Bugun xonadonimiz qurib bitkazilganligini aytib, qo‘l telefonimga qo‘ng‘iroq qilishdi. Kalitni olib ketishim mumkinligini aytishganida to‘g‘risi, ishonmadim. Shu sabab, ishdan to‘g‘ri xonadonimiz joylashgan Sergeli mavzesiga bordim. Bitkazilgan uyni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, keyin sizlarga kutilmagan sovg‘a qilgim keldi, – deya tabassum qilgan Jasurbekning yuzidagi xursandchilik oila a’zolari, yaqinlari yuziga ko‘chdi. Hamma yosh oilani tabriklashga tushishdi.

Bugungi kunda bu kabi uy-joylarning qurib, xonadon egalariga topshirilishi, Jasurbek kabi ko‘p oilalarning quvonchiga sabab bo‘lmoqda. Joriy yilning boshida qurilishi boshlangan mazkur uy-joylar bugun to‘liq yakuniga yetkazildi. Shinam va zamonaviy ko‘p qavatli turar joylar davlatimiz rahbarining 2016 yil 22 noyabrdagi “2017–2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qurib bitkazildi.

Davlatimiz rahbari o‘tgan davr mobaynida qurilish ishlarining borishi bilan bir necha marotaba tanishdi, quruvchilarga kerakli topshiriqlar berdi.

Bu uylarni birovlarga ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, aholi manfaatlarini o‘ylab, bunyod etmoqdamiz, – dedi Prezidentimiz. – Shunday ekan binolarni zamon talablariga mos qilib qurish kerak. Bundan tashqari uylarni saqlash, to‘g‘ri foydalanish ham burchimizdir. Bu borada shu yerda yashovchilarning mas’uliyatini oshirish, ularda o‘z uyi uchun javobgarlik hissini ko‘chaytirish lozim.

Ilgari bu kabi uylar yillar davomida qurilar edi. Bugun quruvchilarimiz bu borada yetarli tajriba to‘plab, inshootlarni sifatli va tez qurib foydalanishga topshirmoqda. Uylar asrlar yoki yillar davomida emas, balki bir necha oyda bunyod bo‘lgani ayni haqiqat.

13 gektar maydonda 66ta ko‘p qavatli uy-joy qad rostladi.

1,2, 3 xonali bu uylar aholiga imtiyozli kreditlar asosida berildi. Uylar atrofida 240 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, 630 o‘rinli umumta’lim maktabi, 61-sonli oilaviy poliklinika, yopiq turdagi suzish havzasi, shahar militsiya bo‘linmasi, pochta va kitob do‘koni, dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari, velotrassalar barpo etilgan.

Yana o‘qing:  MUVAFFAQIYAT FORMULASINI bilimli bolalar topadi

Bundan tashqari mavzeda xizmat ko‘rsatish tarmoqlari tashkil etildi, yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shahrimizda amalga oshirilayotgan bu kabi o‘zgarishlardan insonning bahri-dili ochiladi. Bu albatta davlatimiz, xususan, Prezidentimiz tomonidan aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor samarasidir. Mana shunday barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan, yangi uylarda yashash har bir o‘zbek oilasining orzu-umidlaridan biri. Xuddi shunday ezgu istaklari ushalgan oilalardan biri ekanligimizdan boshim ko‘kka yetdi. Yosh oila sifatida, albatta, davlatimiz tomonidan qurilgan mana shunday qulay sharoitli, shinam va albatta arzonlashtirilgan uylarga ko‘chib o‘tish bu katta faxr va umid nishonasidir. Men oilam bilan yangi 2018 yilni mana shunday zamonaviy qurilgan uyda kutib olishdan juda xursandman. Va, albatta bunday imkoniyatni yaratib bergani uchun davlatimiz, xususan, Prezidentimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman, – deydi Jasur Husainov.

Vatan ostonadan boshlanadi. Ushbu naql o‘ziga xos boqiy qadriyatning yorqin ifodasi, desak, ayni haqiqat. Zero, ostona deganda, avvalo, oila, xonadon, mahalla ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Chin insoniy, ezgu fazilatlar ham tabiiyki, oilada, biz istiqomat qiladigan xonadonda shakllanadi. Har bir insonning o‘z go‘shasi, o‘z vatani bo‘lsa ko‘ngli tinch, baxti butun bo‘ladi.

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: