Tomorqadagi gulzor

Yurtimizda aholining ko‘pchiligi shaxsiy tomorqa yerlariga ega. Undan unumli foydalanib, turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan va buning ortidan mo‘may daromad topayotgan oilalar ham talaygina.

Binobarin, ushbu mashg‘ulot har tomonlama foydali bo‘lib, avvalo, ro‘zg‘orga katta naf keltiradi. Buning isbotini tomorqachilik bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan yurtdoshlarimiz misolida ko‘rish mumkin.

Qarshi shahridagi “Charmgar” mahallasida yashovchi Akmal Rahmatovning xonadoni ham bugun ko‘rgan ko‘zni quvnatadi. Hovlining o‘rtasidagi tomorqa yeri 3 sotixga yetadi. Kunlar soviy boshlaganiga qaramasdan, hamma yoq yashillikka burkangan. Tomorqaning bir burchida qatorlashtirib ekilgan gullar qiyg‘os ochilgan. Bilsak, oila a’zolarining gulga qiziqishi shunchaki havasga emas ekan. Sal narida qo‘r to‘kib turgan, usti ochiq issiqxonaning ichi to‘la gul. Yerda o‘stirilayotgani ham tuvakda parvarishlanayotgani ham bor.

Gullarning turini sanab ko‘rmagan ekanmiz, – deydi uyning keksasi, 90 yoshdan oshgan Gulnora Uzdemnikova. – 50 xildan oshsa kerak. Nomlari esimda ko‘p ham qolavermaydi. Kala, xrizantema, geran kabi gullarimiz bor. Bu mashg‘ulotga yoshligimdan qiziqqanman. Bitta tomir topsam ham, yerga ekaman. Bu xislatim farzandlarimga, nabiralarimga ham o‘tgan.

Oila a’zolarining aytishicha, gulchilik hozirda daromadli faoliyatga aylantirilgan. So‘rab kelganlarga xonadonning o‘zidan gul sotiladi. Do‘konlarga tarqatiladi. Gullarni ko‘paytirish ham tomorqaning o‘zida amalga oshiriladi. Ba’zi gullar niholi, urug‘idan ekilsa, qolganlari piyozi yoki tomiridan parvarishlab ko‘paytiriladi. Xonadon sohiblari yerni yil davomida bo‘sh qoldirmaslikka harakat qilishadi. Qishda ochiq joyga urug‘ qadab ko‘katlar yetishtirishsa, bu vaqtda issiqxonada gullarni o‘stirish davom ettiriladi. Tomorqa egalari qilayotgan mehnati o‘zlariga ham zavq bag‘ishlayotgani, ham foyda berayotganidan xursand bo‘lishadi.

Mirzohid JO‘RAYEV

Yana o‘qing:  Hamma gap samimiyatda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: