Farmatsevtika: soha istiqboli yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni matbuotda e’lon qilindi.

Ushbu farmon bilan mazkur mahsulotlar narxini belgilash mexanizmlarini takomillashtirishga, farmatsevtika sanoati korxonalari faoliyatini tartibga solishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, “O‘zfarmsanoat” konserni tugatilmoqda.

Agentlikka farmatsevtika tarmog‘ini barqaror rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish yo‘li bilan ishlab chiqish va amalga oshirish, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi va davlat sog‘liqni saqlash muassasalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari hamda tibbiyot texnikalari bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Yana Agentlik dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini, shu jumladan chet eldan import qilinayotganlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlashni, farmatsevtika korxonalarini tegishli ishlab chiqarish amaliyoti xalqaro qoidalarga muvofiqligini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi, O‘zbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti Agentlikning tasarrufiga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zmedeksport” davlat korxonasi “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlanib, Agentlikning tasarrufiga o‘tkazildi. Bunda “O‘zmedimpeks” Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining yagona yetkazib beruvchisi etib belgilandi. Shuningdek, ularni saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish bo‘yicha ham vazirlikning agenti hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi PQ – 2647-son qarori bilan tashkil etilgan Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashni nazorat qilish respublika komissiyasi uning funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklagan holda tugatildi.

Endilikda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari uchun qat’iy narxlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Ushbu farmonda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatga olish, ularning narxini belgilash tartibini takomillashtirish, qonunchilikka “in bulk” mahsulotning aniq belgilangan tushunchasini kiritish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qat’iy narxini belgilash tartibiga alohida e’tibor qaratildi.

Yana o‘qing:  Zotiljamning sabab va oqibatlari

Shuningdek, dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini ularning xalqaro va milliy standartlarga muvofiqligini hisobga olgan holda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish mezonlari, shuningdek, davlat sog‘liqni saqlash muassasalari hamda davlat mulkida bo‘lgan bo‘sh turgan boshqa bino va inshootlar negizida ijtimoiy dorixonalarning joylashuvi tasdiqlanadi.

Umuman olganda mazkur farmon farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish, shu jumladan, mahalliy dori vositalarining xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini izchil yo‘lga qo‘yish, asl farmatsevtika ishlanmalarini ko‘paytirish, shuningdek, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining arzon va sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojining to‘liq qanoatlantirilishini ta’minlaydi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: