Hokim harbiylar bilan uchrashdi

Poytaxtimizning Chilonzor tumani hokimi hududda joylashgan harbiy qism xizmatchilari bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan qurollangan, bugungi kun talabiga to‘la javob bera oladigan ixcham va harakatchan milliy armiyamizni shakllantirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Muloqot davomida Chilonzor tumani hokimi D. Hidoyatov harbiylar hayoti, xizmat jarayonlari bilan tanishdi. Ularning xizmat va oilaviy sharoitlarini yanada yaxshilash, harbiy kasb nufuzini yuksaltirish, harbiy xizmatchilar, ayniqsa, muddatli harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtaldi.

Harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ish bilan ta’minlash va boshqa masalalar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Harbiy qismda bo‘lib o‘tayotgan bu kabi muloqotlar mavjud muammolarni o‘rganish va ijobiy hal etish, harbiylarning xizmat va yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

B. RAHMATOV

Yana o‘qing:  Tennis bo‘yicha o‘smirlar hamda qizlar o‘rtasidagi nufuzli turnir boshlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: