Toshkentdan Xitoyga transport qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Toshkentda 30 oktyabr kuni “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro avtokarvon yo‘lga chiqdi.
Mazkur avtomobil yo‘lagining ochilishi ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, investitsiyalar, moliya, transport infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo bo‘ylab yuk tashish hajmini, tranzit salohiyatini sezilarli oshirishga xizmat qiladi. Xalqaro avtokarvon doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy yuk mashinalari “Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkishtom – Qoshg‘ar” yo‘nalishi bo‘yicha ilk bor yo‘lga chiqdi.